409²-modda. Shikoyat berish tartibi va muddatlari

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Bojxona organlarining qarorlari va ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi bojxona organiga shikoyat qilish bojxona to'g'risidagi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Bojxona organlarining tekshiruvlar va bojxona auditi natijalari yuzasidan qabul qilingan qarorlari ustidan yuqori turuvchi bojxona organiga shikoyat shaxs o'z huquqlari buzilganligi to'g'risida bilgan yoki bilishi lozim bo'lgan paytdan e'tiboran o'ttiz kundan kechiktirmay berilishi mumkin.

Ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddat uzrli sababga ko'ra o'tkazib yuborilgan taqdirda, ushbu muddat shikoyat berayotgan shaxsning iltimosnomasi bo'yicha yuqori turuvchi bojxona organi tomonidan tiklanishi mumkin.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.