5-modda. O'zbekiston Respublikasining bojxona hududi va bojxona chegarasi

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

O'zbekiston Respublikasining quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlari hamda ular ustidagi havo hududi O'zbekiston Respublikasining bojxona hududini (bundan buyon matnda bojxona hududi deb yuritiladi) tashkil etadi.

O'zbekiston Respublikasi hududida erkin bojxona zonalari va erkin omborlar bo'lishi mumkin. Bunda ularga joylashtirilgan tovarlar bojxona to'lovlarini to'lash maqsadida, shuningdek iqtisodiy siyosat choralarini qo'llash uchun bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi.

Bojxona hududi sarhadlari O'zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi hisoblanadi (bundan buyon matnda bojxona chegarasi deb yuritiladi).

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.