56-modda. Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Bojxona to'lovlari to'langan va iqtisodiy siyosat choralariga rioya etilgan taqdirda tovar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiriladi va bojxona hududida erkin muomalada turgan tovar maqomini oladi.
Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish qonunchilikka muvofiq boshqa talablar va shartlarga rioya etgan holda ham amalga oshirilishi mumkin.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.