65-modda. Vaqtincha olib kirilayotgan tovarlarni bojxona bojlari va soliqlar to'lashdan shartli ozod etish
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Vaqtincha olib kirilayotgan ayrim tovarlarga nisbatan bojxona bojlari va soliqlar to'lashdan shartli ozod etish qo'llaniladi. Bunday tovarlarning ro'yxati va ozod etish shartlari, shuningdek vaqtincha olib kirilgan tovarlarga nisbatan bojxona bojlari va soliqlar to'lash bo'yicha imtiyozlarning amal qilish muddatlari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Qarang: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 20 iyundagi 212-sonli «Bojxona bojlari va soliqlar to'lashdan shartli ozod etiladigan vaqtincha olib kirilayotgan ayrim tovarlarning ro'yxatini, ularni ozod etish shartlarini, shuningdek imtiyozlarning amal qilish muddatlarini tasdiqlash to'g'risida»gi qarori.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.