7¹-modda. Vakolatli iqtisodiy operator

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Qonunchilikda belgilangan tegishli talablarga javob beruvchi yuridik shaxslar vakolatli iqtisodiy operator maqomini olishi mumkin.

Vakolatli iqtisodiy operator maqomini olish tartibi, Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritish uchun tanlash mezonlari va vakolatli iqtisodiy operator tomonidan amalga oshiriladigan maxsus soddalashtirilgan bojxona tartib-taomillari ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestrini yuritadi va uning o'z rasmiy veb-saytiga joylashtirilishini hamda kamida har oyda yangilab borilishini ta'minlaydi.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.