70-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovar bojxona hududiga qayta ishlash va uni qayta ishlash mahsulotlari tarzida olib chiqish maqsadida, bojxona bojlari va soliqlar to'lashdan shartli ozod etilgan holda olib kiriladi.

Tovar bojxona hududida qayta ishlash maqsadida olib kirilganda iqtisodiy siyosat choralari qo'llanilmaydi, bundan ushbu Kodeksning 82-moddasida nazarda tutilgan taqiqlar va cheklovlar mustasno.

Chet el tovarlari bilan bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash operatsiyalari amalga oshirilgan taqdirda O'zbekiston tovarlaridan, shu jumladan chet ellik shaxs tomonidan olingan O'zbekiston tovarlaridan bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilmagan holda foydalanishga yo'l qo'yiladi.

Tovarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish ushbu Kodeks 21-bobining qoidalariga muvofiq bojxona organi tomonidan beriladigan tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.