74-modda. Bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash tovarning va qayta ishlash bo'yicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi usullardan biri yoki bir nechtasi yordamida amalga oshirilishi mumkin:
qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarga muhrlar qo'yish va zarur bo'lganda shtamplar qo'yish, raqamli tarzda va (yoki) boshqacha tarzda tamg'alash;
qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni batafsil tavsiflash, uni fotosuratga tushirish yoki boshqa o'lchamda tasvirlash;
qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarning oldindan olingan namunalarini yoki nusxalarini va uning qayta ishlangan mahsulotini tadqiq etish natijalarini qiyoslash;
qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarning zavod va seriya raqamlari tarzidagi mavjud tamg'alanishidan yoxud boshqacha tarzdagi tamg'alanishidan foydalanish.
Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash qonunchilikka muvofiq boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Vakolatli shaxsning so'roviga binoan hamda bojxona organining roziligi bilan ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar to'g'risida, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi haqida taqdim etilgan batafsil ma'lumotlarni tadqiq etish yo'li bilan olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash ta'minlanishi mumkin.
Bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash quyidagi hollarda talab etilmaydi, agar:
ular ushbu Kodeksning 77-moddasiga muvofiq qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarga ekvivalent tovarni qayta ishlash natijasida olingan bo'lsa;
ishlab chiqarishning uzluksiz sikllariga taalluqli texnologik jarayondan qayta ishlash uchun foydalanilayotgan bo'lsa;
bojxona hududida o'xshash va (yoki) aynan bir xil qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarilishini istisno etadigan noyob texnologik jarayondan qayta ishlash uchun foydalanilayotgan bo'lsa.
Tovarni qayta ishlash mahsulotlarida bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash usuli vakolatli shaxs tomonidan belgilanadi.
Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.