94-modda. Tovarning bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Tovarning bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati uch yilni tashkil etadi.

Tovarlar bir necha bor bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilganda bojxona ombori bojxona rejimining umumiy amal qilish muddati ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatdan ko'p bo'lishi mumkin emas.

Tovarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs mazkur bojxona rejimini uning amal qilish muddati ushbu Kodeksning 98-moddasiga muvofiq tugaguniga qadar tugallash huquqiga ega.

Yaroqlilik, saqlash, ishlatish va (yoki) realizatsiya qilish muddati cheklangan tovar mazkur muddat tugaguniga qadar kamida bir yuz sakson kalendar kundan kechiktirmay boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun ma'lum qilinishi va bojxona omboridan olib chiqilishi kerak.

Официальный текст — на lex.uz кириллицей; эта копия на латинице дана для справки, действующую редакцию проверяйте на lex.uz.