11-modda. Oilaviy korxonaning ustav fondi

Текст закона приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Oilaviy korxonaning ustav fondi pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, boshqa mol-mulk, shu jumladan pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar yoki o‘zga shaxsga o‘tkaziladigan boshqa huquqlar hisobidan shakllantiriladi. Yagona uy (kvartira) oilaviy korxonaning ustav fondiga kiritilishi mumkin emas.

Oilaviy korxona ishtirokchilari oilaviy korxonaning ustav fondiga korxona ta’sis shartnomasida nazarda tutilgan tartibda o‘zlari kiritadigan mol-mulkni mustaqil ravishda belgilaydi.

Oilaviy korxonaning ustav fondi korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hujjatlar taqdim etiladigan sanadagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqining o‘n baravari miqdoridan kam bo‘lmasligi kerak.

Официальный текст — на lex.uz; действующую редакцию проверяйте там. Эта копия на латинице дана для справки.