30-modda. Oilaviy korxonani qayta tashkil etish va tugatish

Текст закона приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Oilaviy korxonani qayta tashkil etish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uning ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilishi mumkin.

Oilaviy korxonani tugatish uning ishtirokchilarining yoki sudning qaroriga ko‘ra, shuningdek agar unda oilaviy korxonaning yagona ishtirokchisi qolgan bo‘lsa, amalga oshiriladi.

Oilaviy korxona tugatilayotganda bo‘shatilayotgan ishtirokchilar va yollanma xodimlarga qonun hujjatlariga muvofiq ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.

Oilaviy korxona uning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilganidan keyin tugatilgan hisoblanadi.

Oilaviy korxonani tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Официальный текст — на lex.uz; действующую редакцию проверяйте там. Эта копия на латинице дана для справки.