5-modda. Oilaviy korxona ishtirokchilari

Текст закона приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Oila boshlig‘i, uning xotini (eri), bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga to‘lgan boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), tug‘ishgan hamda o‘gay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, tog‘a va amaki hamda amma va xolalari) oilaviy korxona ishtirokchilari bo‘lishi mumkin. Faqat muomalaga layoqatli shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.

Davlat organlarining mansabdor shaxslari, shuningdek qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan boshqa shaxslar oilaviy korxona ishtirokchilari bo‘lishi mumkin emas.

Bir oilaviy korxona ishtirokchisi bir vaqtning o‘zida boshqa oilaviy korxona ishtirokchisi bo‘lishi mumkin emas.

Официальный текст — на lex.uz; действующую редакцию проверяйте там. Эта копия на латинице дана для справки.