137-modda. Soliq tekshiruvlarining turlari
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Soliq tekshiruvlari soliq toʻlovchilar, yigʻimlarni toʻlovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida oʻtkaziladi.
(137-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Soliq tekshiruvi soliq toʻlovchi toʻgʻrisida soliq organlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni oʻrganish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi.
Soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini oʻtkazadi:
1) kameral soliq tekshiruvi;
2) sayyor soliq tekshiruvi;
3) soliq auditi;
4) transfert narxning shakllanishini tekshirish.
(137-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuniga asosan 4-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Tadbirkorlik subyektlari yuqori barqarorlik reytingining “AAA” toifasidagi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan (bundan davlat korxonalari hamda ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz miqdorda va undan ortiq boʻlgan yuridik shaxslar mustasno) soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi (bundan jinoiy ishlar doirasida oʻtkaziladigan tekshiruvlar mustasno).
(137-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 15-noyabrdagi OʻRQ-1000-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.11.2024-y., 03/24/1000/0928-son)
Текст основан на редакции, размещённой на lex.uz, по состоянию на 6 августа 2026 года. Изменения, опубликованные 11 сентября и 21 октября 2026 года, в этот текст ещё не внесены; действующую редакцию проверяйте на lex.uz. Эта копия на латинице дана для справки.