18-modda. Maxsus soliq rejimlari

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalari uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududida quyidagi maxsus soliq rejimlari belgilanadi:

1) aylanmadan olinadigan soliq;

2) mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchilariga soliq solishning alohida tartibi;

3) maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarga soliq solishning alohida tartibi;

4) Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida soliq solishning alohida tartibi;

(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-714-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.09.2021-y., 03/21/714/0874-son)

5) islomiy moliya operatsiyalariga soliq solishning oʻziga xos xususiyatlari.

(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 27-martdagi OʻRQ-1126-sonli Qonuniga asosan 5-band bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2026-y., 03/26/1126/0279-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 29-iyun)

Maxsus iqtisodiy zonalar ishtirokchilariga va ayrim toifadagi soliq toʻlovchilarga soliq solishning alohida tartibi qonunchilikda yoki investitsiya bitimlarida nazarda tutilgan investitsiyalarni amalga oshirish hamda boshqa shartlarni bajarish bilan bogʻliq holda muayyan muddat uchun belgilanadi.

(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Maxsus soliq rejimlari ayrim soliqlarni toʻlashdan ozod etishni, pasaytirilgan soliq stavkalarini va boshqa soliq imtiyozlarini qoʻllashni nazarda tutishi mumkin.

Текст основан на редакции, размещённой на lex.uz, по состоянию на 6 августа 2026 года. Изменения, опубликованные 11 сентября и 21 октября 2026 года, в этот текст ещё не внесены; действующую редакцию проверяйте на lex.uz. Эта копия на латинице дана для справки.