207-modda. Daromadlarga (foydaga) soliq solishning samarali stavkasi
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Chet el kompaniyasi mansub boʻlgan davlat (hudud) qonunchiligiga muvofiq chet el kompaniyasi va uning alohida boʻlinmalari tomonidan hisoblab chiqarilgan daromad (foyda) soligʻi hamda bunday daromadlarning toʻlov manbaida ushbu kompaniya daromadlaridan (foydasidan) ushlab qolingan daromad (foyda) soligʻi summasining chet el kompaniyasining uning alohida boʻlinmalari bilan birgalikdagi daromadining (foydasining) umumiy summasiga nisbati chet el kompaniyasining daromadlariga (foydasiga) soliq solishning samarali stavkasi hisoblanadi.
(207-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Daromad (foyda) soligʻi summasini hisob-kitob qilish chogʻida soliq toʻlovchi chet el kompaniyasining uning alohida boʻlinmalari bilan birgalikdagi daromadining (foydasining) umumiy summasini hisob-kitob qilish chogʻida inobatga olingan daromadlar (foyda) jumlasiga kiruvchi va chet el tashkilotining chet el kompaniyasi mansub boʻlgan davlat (hudud) qonunchiligiga muvofiq hisoblab chiqarilishi va (yoki) chet el kompaniyasining uning alohida boʻlinmalari bilan birgalikdagi daromadining (foydasining) umumiy summasi hisoblab chiqarilgan davrdan farq qiluvchi boshqa davrlarda ushlab qolinishi lozim boʻlgan soliqlar summasiga tuzatish kiritishga haqli.
(207-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Agar soliq davri yakunlari boʻyicha chet el kompaniyasida daromadlar mavjud boʻlmasa yoki daromadining (foydasining) umumiy summasi manfiy yoxud nolga teng boʻlsa, samarali soliq stavkasini hisob-kitob qilish amalga oshirilmaydi, nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi esa ushbu Kodeksning 204-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan shartlarni qanoatlantiruvchi deb eʼtirof etiladi.
Текст основан на редакции, размещённой на lex.uz, по состоянию на 6 августа 2026 года. Изменения, опубликованные 11 сентября и 21 октября 2026 года, в этот текст ещё не внесены; действующую редакцию проверяйте на lex.uz. Эта копия на латинице дана для справки.