221-modda. Nazorat-kassa texnikasining, hisob-kitob terminallarining, elektron toʻlov tizimlarining va toʻlov tashkilotlarining raqamli platformalarida generatsiya qilingan maxsus QR-kodlarning qoʻllanilish tartibini buzish
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
(221-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Nazorat-kassa texnikasining, hisob-kitob terminallarining, elektron toʻlov tizimlarining va (yoki) toʻlov tashkilotlarining raqamli platformalarida generatsiya qilingan maxsus QR-kodlarning qoʻllanilishi majburiy boʻlgani holda, ularni qoʻllamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar koʻrsatganlik, xuddi shuningdek sotib oluvchiga kvitansiyalar yozib berish, talonlarni, cheklarni yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni berish majburiy boʻlgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar koʻrsatganlik, shuningdek hisob-kitob terminallari, elektron toʻlov tizimlari va (yoki) toʻlov tashkilotlarining raqamli platformalarida generatsiya qilingan maxsus QR-kodlar orqali toʻlovlarni qabul qilishni rad etganlik, —
besh million soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(221-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Soliq organlarida roʻyxatga olinmagan nazorat-kassa texnikasini qoʻllagan yoki sotib oluvchiga kvitansiyalar, talonlar, cheklar yoki ularga tenglashtirilgan hujjatlarni bergan holda savdoni amalga oshirganlik va (yoki) xizmatlar koʻrsatganlik, —
yetti million soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Boshqa shaxslar nomiga rasmiylashtirilgan hisob-kitob terminallaridan yoki toʻlov tashkilotlarining raqamli platformalaridan roʻyxatdan oʻtgan boshqa soliq toʻlovchilarga tegishli boʻlgan maxsus QR-koddan soliq toʻlovchi tomonidan foydalanilishi, —
yigirma million soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
(221-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Texnik talablarga muvofiq boʻlmagan yoki xizmat koʻrsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa texnikalaridan foydalanganlik, —
yigirma million soʻm miqdorida jarima solishga sabab boʻladi.
Текст основан на редакции, размещённой на lex.uz, по состоянию на 6 августа 2026 года. Изменения, опубликованные 11 сентября и 21 октября 2026 года, в этот текст ещё не внесены; действующую редакцию проверяйте на lex.uz. Эта копия на латинице дана для справки.