228-modda. Soliq (yigʻim), boʻnak toʻlovi, penyalar va jarimalarni oʻtkazish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalarni bajarish muddatlarini buzish
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Bank tomonidan soliq (yigʻim), boʻnak toʻlovi, penya va jarima summasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi soliq toʻlovchining topshiriqnomasini, soliq organining inkasso topshiriqnomasini bajarmaslik (bajarilishini kechiktirish) —
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining bir yuz ellikdan bir qismi miqdorida, lekin kechiktirilgan har bir kalendar kun uchun oʻtkazilmagan summa bir foizining beshdan bir qismidan koʻp boʻlmagan miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Текст основан на редакции, размещённой на lex.uz, по состоянию на 6 августа 2026 года. Изменения, опубликованные 11 сентября и 21 октября 2026 года, в этот текст ещё не внесены; действующую редакцию проверяйте на lex.uz. Эта копия на латинице дана для справки.