289¹-modda. Tamaki mahsulotlariga doir soliq stavkalari
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Tamaki mahsulotlariga nisbatan soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r
Tamaki mahsulotlari turlari
Soliq stavkalari
1.
Filtrli, filtrsiz sigaretalar, papiroslar, sigarillalar (sigaritlar), bidi, kretek
2026-yil 1-yanvardan:
340 000 soʻm/1 000 dona
2026-yil 1-iyuldan:
365 000 soʻm/1 000 dona
2.
Sigara
2026-yil 1-yanvardan:
20 000 soʻm/1 dona
2026-yil 1-fevraldan:
21 500 soʻm/1 dona
3.
Chilim uchun tamaki*
2026-yil 1-yanvardan:
600 000 soʻm/kg
2026-yil 1-fevraldan:
642 000 soʻm/kg
4.
Chekiladigan, oʻrama tamaki
2026-yil 1-yanvardan:
600 000 soʻm/kg
2026-yil 1-fevraldan:
642 000 soʻm/kg
5.
Chaynaladigan, hidlanadigan va shimiladigan tamaki
382 000 soʻm/kg
6.
Qizdiriladigan tamaki tayoqchasi, qizdiriladigan tamakili kapsula va tarkibida tamaki mavjud boʻlgan oʻxshash tamoyil bilan foydalaniladigan boshqa mahsulotlar
2026-yil 1-yanvardan:
450 000 soʻm/kg
2026-yil 1-fevraldan:
481 500 soʻm/kg
7.
Nikotinli tamakisiz snyus
154 000 soʻm/kg
8.
Tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlik (kartrijlarda, rezervuarlarda va elektron sigaretlarda foydalanish uchun boshqa konteynerlarda)**
2026-yil 1-yanvardan:
2 000 soʻm/ml
2026-yil 1-fevraldan:
2 140 soʻm/ml
* Belgilangan soliq stavkasi boʻyicha soliq chilim uchun tamakisiz aralashmani olib kirishda ham toʻlanadi.
** Tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlikni (nikotinni) uni isteʼmol qilish (elektron va boshqalar) tizimlarida olib kirishda soliq tarkibida nikotin mavjud boʻlgan suyuqlik hajmidan kelib chiqqan holda toʻlanadi.
(289¹-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Ushbu modda birinchi qismining 1-bandida aksiz soligʻining qatʼiy belgilangan stavkasi naturada ifodalangan aksiz toʻlanadigan tovarlar hajmiga nisbatan qoʻllaniladi.
(289¹-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-1014-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2024-y., 03/24/1014/1067-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Ushbu modda birinchi qismining 3 — 6-bandlarida soliq stavkasi tamaki mahsulotidagi tamaki xom ashyosi massasiga nisbatan tamaki xom ashyosi massasi toʻgʻrisidagi axborotni isteʼmol qadogʻida (idishida) koʻrsatish sharti bilan qoʻllaniladi. Agar chilim uchun tamaki boʻyicha tamaki xom ashyosi massasi netto ogʻirligining 20 foizidan kamni tashkil etsa, u holda aksiz soligʻi netto (birlamchi qadoqni hisobga olgan holda) ogʻirligining 20 foizidan hisoblab chiqariladi. Isteʼmol qadogʻida (idishida) tamaki xom ashyosining ogʻirligi toʻgʻrisidagi axborot mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq stavkasi netto (birlamchi qadoqni hisobga olgan holda) ogʻirligiga nisbatan qoʻllaniladi.
(289¹-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 24-dekabrdagi OʻRQ-1014-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.12.2024-y., 03/24/1014/1067-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
Ushbu modda birinchi qismining 7-bandida soliq stavkasi tovarning netto ogʻirligiga nisbatan qoʻllaniladi, bunda isteʼmol qadogʻining (plastik bankaning, karton qutisining va shu kabilarning) ogʻirligi hisobga olinmaydi. Isteʼmol qadogʻida (idishida) tovarning ogʻirligi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlmagan taqdirda, soliq stavkasi isteʼmol qadogʻini (idishini) hisobga olgan holda netto ogʻirligiga nisbatan qoʻllaniladi.
(289¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-659-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/659/1681-son — 2021-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Текст основан на редакции, размещённой на lex.uz, по состоянию на 6 августа 2026 года. Изменения, опубликованные 11 сентября и 21 октября 2026 года, в этот текст ещё не внесены; действующую редакцию проверяйте на lex.uz. Эта копия на латинице дана для справки.