292-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Soliq hisoboti, agar ushbu moddaning ikkinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq boʻyicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilingan taqdirda, soliq hisoboti avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari joylashgan yerdagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.
Текст основан на редакции, размещённой на lex.uz, по состоянию на 6 августа 2026 года. Изменения, опубликованные 11 сентября и 21 октября 2026 года, в этот текст ещё не внесены; действующую редакцию проверяйте на lex.uz. Эта копия на латинице дана для справки.