329-modda. Xedjirlash operatsiyasi boʻyicha soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Ushbu Kodeks 51-moddasining birinchi qismi talablari inobatga olingan holda xedjirlash operatsiyasi amalga oshirilganda soliq bazasini aniqlashda daromadlar (xarajatlar) hisobga olinadi, uni hisoblashda xedjirlash obyekti bilan bogʻliq boʻlgan daromadlar va xarajatlar hisobga olinadi.

Banklar soliq bazasini uyushgan bozorda muomalada boʻlmagan va asos aktivi chet el valyutasidan iborat boʻlgan, yetkazib beriladigan muddatli bitimga doir operatsiyalar boʻyicha koʻrilgan zararning summasiga kamaytirishga haqli.

Asos aktivlari foizli stavkalardan iborat boʻlgan muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir operatsiyalarni amalga oshirishda, bunday vositalarning shartlarida nazarda tutilgan foiz stavkalaridan kelib chiqqan holda, daromadlarni (xarajatlarni) hisobga olish hisobot (soliq) davrining soʻnggida amalga oshirilmaydi. Bunda muddatli bitimlarning moliyaviy vositalariga doir tegishli operatsiyalar boʻyicha daromad (xarajat) deb, shu jumladan, foizli stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan va bunday operatsiyalarga doir shartnomaga muvofiq olinishi (toʻlanishi) lozim boʻlgan daromadlar (xarajatlar) eʼtirof etiladi.

Tegishli shartnomada nazarda tutilgan toʻlovlarning sanasi bunday operatsiyalar boʻyicha daromadlarni (xarajatlarni) eʼtirof etish sanasidir.

Текст основан на редакции, размещённой на lex.uz, по состоянию на 6 августа 2026 года. Изменения, опубликованные 11 сентября и 21 октября 2026 года, в этот текст ещё не внесены; действующую редакцию проверяйте на lex.uz. Эта копия на латинице дана для справки.