43-modda. Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olinadigan daromadlar

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Soliq toʻlovchining daromadlari Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar jumlasiga kiritilishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasidagi iqtisodiy faoliyatdan olingan daromadlar hamda Oʻzbekiston Respublikasining yurisdiksiyasi, huquq layoqati va (yoki) uning davlat organlari va iqtisodiy munosabatlarning boshqa subyektlari bilan iqtisodiy munosabatlarga bevosita bogʻliq boʻlgan boshqa daromadlar Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlar jumlasiga kiradi.

Agar ushbu Kodeksning qoidalari daromadlarni Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga yoki Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarga qatʼiy kiritish imkoniyatini bermasa, daromadni u yoki bu manbaga kiritish Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur daromadlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlarga kiritish mumkin boʻlgan ulushi va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlarga kiritish mumkin boʻlgan ulushi ayni shunday tartibda aniqlanadi.

Текст основан на редакции, размещённой на lex.uz, по состоянию на 6 августа 2026 года. Изменения, опубликованные 11 сентября и 21 октября 2026 года, в этот текст ещё не внесены; действующую редакцию проверяйте на lex.uz. Эта копия на латинице дана для справки.