432-modda. Soliqni toʻlash tartibi

Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar uchun soliqni toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi:

aylanmadan soliq toʻlovchilar uchun − yillik soliq summasining toʻrtdan bir qismi miqdorida, har chorak uchinchi oyining 20-sanasidan kechiktirmay;

(432-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar uchun — yillik soliq summasining oʻn ikkidan bir qismi miqdorida, har oyning 10-sanasidan kechiktirmay. Bunda yanvar oyi uchun 20-yanvardan kechiktirmay amalga oshiriladi.

(432-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-812-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)

Soliq davri davomida soliq toʻlashning belgilangan muddatidan keyin majburiyatlar yuzaga kelganda, ushbu summani toʻlash majburiyatlar yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay amalga oshiriladi.

Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar uchun soliqni toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi:

hisobot yilining 1-sentabriga qadar — yillik soliq summasining 30 foizi;

hisobot yilining 1-dekabriga qadar — soliqning qolgan summasi.

Текст основан на редакции, размещённой на lex.uz, по состоянию на 6 августа 2026 года. Изменения, опубликованные 11 сентября и 21 октября 2026 года, в этот текст ещё не внесены; действующую редакцию проверяйте на lex.uz. Эта копия на латинице дана для справки.