445-modda. Soliq stavkalari
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Belgilangan limit doirasida yer usti va yer osti manbalaridan olinadigan suv resurslari uchun soliq stavkalari bir kub metr uchun mutlaq oʻlchamda, quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
T/r
Soliq toʻlovchilar va soliq solish obyektlari
1 kub metr uchun soliq stavkasi (soʻmda)
yer usti suv resurslari manbalari
yer osti suv resurslari manbalari
1.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlaridagi korxonalar (bundan 2-bandda koʻrsatilganlar mustasno), shu jumladan sanoat korxonalari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda tadbirkorlik faoliyati va (yoki) daromad olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar
749
910
2.
Elektr stansiyalari va kommunal xizmat koʻrsatish korxonalari
118
144
3.
Qishloq xoʻjaligi yerlarini sugʻorish va baliqlarni oʻstirish (yetishtirish) uchun foydalaniladigan suv hajmi, shu jumladan dehqon xoʻjaliklari va qishloq xoʻjaligi yerlariga ega boʻlgan jismoniy shaxslar
107
107
4.
Avtotransport vositalarini yuvish uchun ishlatilgan suv hajmi
16 050
16 050
5.
Alkogolsiz ichimliklarni hamda pivo va vinodan tashqari alkogol mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan suv hajmi
40 660
40 660
(445-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Ushbu modda birinchi qismining 3-bandida nazarda tutilgan soliq stavkasiga nisbatan:
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilinganda hamda sugʻorish uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanganda — 0,5 kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi;
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilinganda yoki sugʻorish uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanganda — 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi;
baliqchilik uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanganda — 0,7 kamaytiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi;
suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalari joriy qilinmaganda hamda sugʻorish uchun olingan suv hajmi suv oʻlchash uskunalari asosida aniqlanmaganda — 1,1 oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllaniladi, bundan ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
(445-modda ikkinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-avgust)
Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari:
soliq stavkasiga nisbatan 0,7 gacha kamaytiruvchi yoki 1,5 gacha oshiruvchi koeffitsiyentlarni belgilashga (bundan ushbu modda birinchi qismining 2 va 3-bandlari, shuningdek roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tasdiqlanadigan yirik soliq toʻlovchilar mustasno);
yuridik shaxslarning qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan, lazerli tekislash lozim boʻlgan sugʻoriladigan yerlari lazerli tekislanmagan taqdirda, ushbu yerlar uchun foydalaniladigan suv hajmi boʻyicha soliq stavkalariga nisbatan 1,2 gacha oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllashga haqli.
Eʼtibor bering. 445-modda uchinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuni bilan 2027-yil 1-yanvardan eʼtiboran amalga kiritilishi belgilangan.
(445-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
Suvdan foydalanish uchun belgilangan limitlardan ortiqcha suv olinganda, bunday ortiqcha qism boʻyicha soliq stavkalari belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.
Suv resurslaridan ruxsat beruvchi hujjatlarsiz foydalanilganda, shuningdek avtotransport vositalarini yuvishni amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan yer usti manbalaridan olingan suvdan foydalanilganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi.
Yer osti suv manbalaridan suv oʻlchash uskunalarisiz suv olinganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining besh baravari miqdorida belgilanadi. Bunda mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xoʻjalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 metr kubgacha boʻlgan hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(445-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 5-maydagi OʻRQ-1062-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 03/25/1062/0410-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 6-avgust)
Текст основан на редакции, размещённой на lex.uz, по состоянию на 6 августа 2026 года. Изменения, опубликованные 11 сентября и 21 октября 2026 года, в этот текст ещё не внесены; действующую редакцию проверяйте на lex.uz. Эта копия на латинице дана для справки.