449-modda. Soliq toʻlovchilar
Текст кодекса приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida yer qaʼridan foydali qazilmalarni qazib olishni va (yoki) texnogen mineral hosilalardan foydali qazilmalarni ajratib olishni (bundan buyon ushbu boʻlimda foydali qazilmalarni qazib olish (ajratib olish) deb yuritiladi) amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqni soliq toʻlovchilari (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi.
Qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshiruvchi jismoniy shaxslar qimmatbaho metallarni oltin izlovchilar usulida qazib olishga doir faoliyatni amalga oshirishga taalluqli qism boʻyicha soliq toʻlovchilar boʻlmaydi.
Текст основан на редакции, размещённой на lex.uz, по состоянию на 6 августа 2026 года. Изменения, опубликованные 11 сентября и 21 октября 2026 года, в этот текст ещё не внесены; действующую редакцию проверяйте на lex.uz. Эта копия на латинице дана для справки.