B. Bo'limning kirish qismi
Текст постановления и Положения приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Mazkur Nizomga muvofiq mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga kiritiladigan xarajatlar va davr xarajatlari ro'yxati:
xo'jalik yurituvchi subyekt faoliyatining rentabelligini va bozor raqobatbardoshliligini aniqlash uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish davomida xo'jalik yurituvchi subyektda paydo bo'ladigan barcha xarajatlar to'g'risida buxgalteriya hisobi schyotlarida to'liq va aniq axborot shakllantirilishi;
soliq solinadigan bazani to'g'ri aniqlash maqsadida belgilanadi.
Mazkur Nizomga muvofiq barcha xarajatlar quyidagilarga guruhlanadi:
mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar:
a) bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar;
b) bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari;
v) boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo'lgan ustama xarajatlar;
ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan, biroq asosiy faoliyatdan olingan foydada hisobga olinadigan hamda davr xarajatlariga kiritiladigan xarajatlar:
a) sotish xarajatlari;
b) boshqarish xarajatlari (ma'muriy sarf-xarajatlar);
v) boshqa operatsion xarajatlar va zararlar;
xo'jalik yurituvchi subyektning umumxo'jalik faoliyatidan olingan foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadigan xo'jalik yurituvchi subyektning moliyaviy faoliyati bo'yicha xarajatlari:
a) foizlar bo'yicha xarajatlar;
b) xorijiy valyuta bilan operatsiya bo'yicha salbiy kurs tafovutlari;
v) qimmatli qog'ozlarga qo'yilgan mablag'larni qayta baholash;
g) moliyaviy faoliyat bo'yicha boshqa xarajatlar;
favqulodda zararlar, u foydadan olinadigan soliq to'langunga qadar foyda yoki zararlarni hisoblab chiqishda hisobga olinadi.
Официальный текст — на lex.uz; действующую редакцию проверяйте там. Эта копия на латинице дана для справки.