G. Tovar-moddiy zaxiralarni, tugallanmagan ishlab chiqarishlarni, shuningdek kelgusi davrlar xarajatlarini baholash

Текст постановления и Положения приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.

Ushbu Nizomga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari hisobot davri mobaynida ishlab chiqarish schyotlarida va tayyor mahsulot schyotida shakllanishi kerak. Biroq bir turdagi mahsulotni seriyali (keng ko'lamda) ishlab chiqarishda favqulodda holatlar tufayli kelib chiqqan favqulodda yoki bir galgi xarajatlar tayyor mahsulot tannarxiga kiritilmasligi, balki sotish xarajatlari sifatida to'g'ridan-to'g'ri hisobdan chiqarilishi kerak.

Tovar-moddiy boyliklar zaxiralarini, tugallanmagan ishlab chiqarishni, shuningdek kelgusi davrlar xarajatlarini baholash "Buxgalteriya hisobi to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi.

Kelgusi davrlar xarajatlari xarajatlarning alohida toifasini tashkil qiladi.Ular joriy davrda amalga oshiriladi, biroq keyingi hisobot davrlaridagi ishlab chiqarish xarajatlariga qo'shiladi.

Официальный текст — на lex.uz; действующую редакцию проверяйте там. Эта копия на латинице дана для справки.