Umumiy qoidalar
Текст постановления и Положения приводится на узбекском языке (латиница); перевода на этом сайте нет.
Mazkur Nizom xo'jalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslarning, shuningdek yuridik shaxs bo'lmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi jismoniy shaxslarning mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini aniqlashning yagona metodologik asoslarini belgilaydi.
Nizom buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida xarajatlarni hisoblab chiqishda paydo bo'ladigan tafovutlar hisobga olingan holda ishlab chiqilgan. Xo'jalik yurituvchi subyektlarning raqobatbardoshliligini aniqlash maqsadida ular faoliyatining xarajatlarini hisoblab chiqish va moliyaviy natijalarini aniqlash buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Nizomda xarajatlarni guruhlash va moliyaviy natijalarni shakllantirishning asosiy qoidalari mavjuddir.
Mazkur Nizom asosida ayrim tarmoqlar xarajatlari tarkibi va ularni hisobga olish xususiyatlari O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo'mitasi bilan kelishilgan holda tegishli vazirliklar va idoralar xo'jalik birlashmalari (korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, kompaniyalar va boshqalar) tomonidan aniqlanadi.
Официальный текст — на lex.uz; действующую редакцию проверяйте там. Эта копия на латинице дана для справки.