211-modda. Tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Quyidagilar tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish huquqiga ega:

bojxona organining mansabdor shaxsi, u bojxona nazoratini o'tkazayotganda;

boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari, ular qonunchilikda o'z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarayotganda yoki vakolatli shaxs.

Vakolatli shaxs yoki boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tovarning namunalari yoki nusxalari tanlab olinayotganda bojxona organlarining mansabdor shaxslari hozir bo'lishga haqli.

Tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olishga quyidagi hollarda yo'l qo'yilmaydi, agar shunday tanlab olish:

bojxona nazorati o'tkazilishini qiyinlashtiradigan bo'lsa;

tovar tavsiflarini o'zgartiradigan bo'lsa.

Tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish tartibi qonunchilikda belgilanadi.

The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.