212-modda. Ekspert
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Xulosa berish uchun bojxona organlarining mansabdor shaxsi, ilm-fan, texnika, san'at yoki hunarmandchilik sohasida maxsus bilimlarga ega, belgilangan tartibda ekspert sifatida tayinlangan boshqa tashkilotning xodimi ekspert sifatida ish yuritishi mumkin. Boshqa tashkilotning xodimi bojxona ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan mazkur tashkilotga berilgan topshiriqni bajarish tartibida bojxona ekspertizasini amalga oshiradi.
Ekspert tadqiqotda faqat o'ziga topshirilgan bojxona ekspertizasi predmetiga taalluqli va xulosa berish uchun ahamiyatga molik masalalar bo'yicha ishtirok etadi.
Ekspert bojxona ekspertizasini amalga oshirayotganda bojxona ekspertizasini tayinlagan organdan, ekspertiza yakunidan manfaatdor taraflardan va boshqa shaxslardan mustaqildir.
Ekspert o'tkazilgan tadqiqotlar natijalariga asoslanib xulosa beradi.
Bojxona ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan, shuningdek boshqa davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ekspertga biror taraf foydasiga yoki bojxona ekspertizasining yakunidan manfaatdor boshqa shaxslar foydasiga xulosa olish maqsadida ta'sir ko'rsatishga yo'l qo'yilmaydi.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.