271¹-modda. Bojxona ekspertizasi tayinlanganda tovarlarni chiqarib yuborish

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar tayinlangan bojxona ekspertizasining natijalari olinguniga qadar tovarlarni chiqarib yuborish, basharti bojxona yuk deklaratsiyasida hisoblangan miqdordagi bojxona to'lovlari to'langan va bojxona ekspertizasi natijalariga ko'ra qo'shimcha ravishda to'lanishi lozim bo'lgan miqdordagi bojxona to'lovlarini to'lash ta'minoti taqdim etilgan bo'lsa, bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.

Tovarlarga nisbatan taqiqlar va cheklovlar qo'llanilishi mumkinligini ko'rsatuvchi belgilar bojxona organlari tomonidan aniqlangan va ularga rioya qilinganligini isbotlovchi dalillar deklarant tomonidan taqdim etilmagan taqdirda, tovarlar chiqarib yuborilmaydi.

The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.