341-modda. Bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini ta'minlash uchun kiritilgan depozitni qaytarish
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini ta'minlash uchun kiritilgan depozitni qaytarish to'g'risidagi ariza depozit qaysi bojxona organining shaxsiy g'azna hisobvarag'iga tushgan bo'lsa, o'sha bojxona organiga yoxud bojxona nazorati ostida tovarlarni tashish tugallanayotgan bojxona organiga beriladi.
Tovarlarni tashish majburiyatlari bajarilganligi bojxona nazorati ostida tovarlarni tashish tugallanayotgan bojxona organi tomonidan tasdiqlanganidan keyin ikki ish kuni ichida bojxona organi bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini ta'minlash uchun kiritilgan depozit qaytarilishini amalga oshiradi.
Bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini ta'minlash uchun kiritilgan depozitni qaytarish to'lov qaysi valyutada kiritilgan bo'lsa, o'sha valyutada bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.