351-modda. Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikni to'lovchining bank hisobvaraqlarida turgan pul mablag'lari hisobidan undirish
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikni to'lovchining bank hisobvaraqlarida turgan pul mablag'lari hisobidan undirish bojxona organi tomonidan bankka pul mablag'larining so'zsiz tartibda undirilishi to'g'risidagi inkasso topshiriqnomasini yuborish orqali amalga oshiriladi.
Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikning summasini o'tkazish to'g'risidagi inkasso topshiriqnomasi quyidagilar to'lanmagan taqdirda bojxona organi tomonidan besh ish kunidan kechiktirmay qo'yiladi:
bojxona to'lovlarini to'lashni kechiktirish yoki bo'lib-bo'lib to'lash muddati tugagach, bojxona to'lovlari to'lanmaganda;
ushbu Kodeks 350-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda to'lovchida e'tiroz mavjud bo'lmagan qo'shib hisoblangan bojxona to'lovlari to'lanmaganda;
tovarlarning bojxona nazorati ostida bo'lishiga doir talablar buzilgan holda yo'qotilgan yoxud foydalanilgan yoki berib yuborilgan tovarlar bo'yicha hisoblangan bojxona to'lovlari to'lanmaganda;
ushbu Kodeksning 66-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda davriy bojxona to'lovlari to'lanmaganda.
To'lovchining hisobvaraqlariga xizmat ko'rsatayotgan bank bojxona organining bojxona to'lovlarini undirish to'g'risidagi inkasso topshiriqnomasini qonunchilikda belgilangan navbat tartibida bajaradi.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.