352-modda. Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikni to'lovchining mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablag'lari hisobidan undirish
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikni to'lovchining mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablag'lari hisobidan undirish uning hisobvaraqlarida bojxona organining inkasso topshiriqnomasi qo'yilgan paytdan e'tiboran olti oydan ko'proq muddatda pul mablag'lari bo'lmagan taqdirda qo'llaniladi.
Bojxona to'lovlarini to'lash bo'yicha qarzdorlikni to'lash hisobiga undiruvni mol-mulkka qaratish bojxona organining da'vo arizasiga asosan sud tartibida amalga oshiriladi, bundan undiruvni bojxona organiga garov narsasi sifatida berilgan mol-mulkka qaratish bojxona organi va garovga qo'yuvchi o'rtasidagi shartnoma shartlariga qarab amalga oshiriladigan hollar mustasno.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.