361-modda. Tovarlarni turkumlab yetkazishda ular ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Ishlab chiqarish yoki transport sharoitlariga ko'ra tovarlarni bitta turkum qilib jo'natishning imkoni bo'lmaganligi sababli ular bo'lib-bo'lib yoki yig'ilmagan holda bir necha turkumda yetkazib berilsa, shuningdek bir turkum tovar noto'g'ri taqsimlanishi natijasida bir necha turkumga bo'lingan bo'lsa, tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashda bunday tovarlar deklarantning xohishiga ko'ra yagona tovar deb qaralishi kerak. Ushbu qoidaning qo'llanilish sharti quyidagilardan iborat:

bo'laklarga bo'lingan yoki yig'ilmagan tovarning bir necha turkumga taqsimlanganligini bunday taqsimlash sabablarini, O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi bo'yicha tovarlarning kodlarini, har bir turkumga kiradigan tovarlar qiymati va tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni ko'rsatgan holda har bir turkumning batafsil tasnifini bojxona organiga oldindan yozma ravishda ma'lum qilish;

tovar bir necha turkumga noto'g'ri taqsimlanganligining hujjatlar bilan tasdiqlanganligi;

barcha turkumdagi tovarlarning bitta mamlakatdan bitta yetkazib beruvchi orqali yetkazib berilganligi;

tovarlarning barcha turkumlari bitta bojxona organi orqali olib kirilganligi;

barcha turkumdagi tovarlarning kontraktda (shartnomada, bitimda) ko'rsatilgan muddat ichida yetkazib berilganligi.

The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.