368-modda. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini yuritish
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini yuritish quyidagilarni o'z ichiga oladi:
1) O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining andaza nusxasini hamda unga doir sharhlarni ishlab chiqish va saqlab turish;
2) O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining, O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasiga doir sharhlarning va uni talqin etish bo'yicha tasnifiy yechimlarning nashr etilishini ta'minlash;
3) O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining xalqaro asosiga doir o'zgartish va qo'shimchalarni, mazkur asosni talqin etishga doir xalqaro tushuntirishlarni hamda qarorlarni kuzatib borish;
4) O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga o'zgartish va qo'shimchalarni ishlab chiqish, kiritish, shu jumladan bu o'zgartish va qo'shimchalarni mazkur nomenklaturaning xalqaro asosiga muvofiq ishlab chiqish, kiritish to'g'risida takliflar tayyorlash;
5) tovarlarning kodlarini kichik subpozitsiyalar darajasida aniqlashtirish;
6) ayrim tovarlarni tasniflash bo'yicha bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va e'lon qilish.
O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini yuritish O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.