369-modda. Tovarlarni tasniflash

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Tovarlarni tasniflash:

O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini talqin etishning asosiy qoidalariga;

tasniflashning har qanday darajasidagi kichik subpozitsiyalarga doir izohlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Tovarlarni tasniflashda Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uyg'unlashtirilgan tizimiga, Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga va O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga doir tushuntirishlar tovar kodini uning xususiyatlari bo'yicha aniqlashtirish imkonini beradigan qo'shimcha material sifatida qo'llaniladi.

O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining bir xil talqin etilishini ta'minlash maqsadida bojxona organi ayrim turdagi tovarlarni tasniflash bo'yicha qarorni chop etadi.

Bojxona rasmiylashtiruvida tovarlar noto'g'ri tasniflanganligi aniqlangan taqdirda bojxona organi tovarlarni tasniflashni mustaqil amalga oshiradi va ularning tasnifi bo'yicha qaror qabul qiladi.

Bojxona organlarining tovarlarni bojxona maqsadlarida tasniflash bo'yicha qarorlari majburiydir.

Bojxona organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.

The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.