381-modda. Bojxona organlarining vakolatlariga kiruvchi masalalar bo'yicha maslahat berish
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari manfaatdor shaxslarga bojxona ishi masalalari va bojxona organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan maslahat beradi.
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan maslahat berish bojxona organlari joylashgan yerda va ularning ish vaqtida amalga oshiriladi.
Bojxona organlari tomonidan maslahat berish og'zaki, elektron yoxud yozma shaklda bepul amalga oshiriladi.
Maslahat berishda manfaatdor shaxslarga taqdim etilgan axborot tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona operatsiyalari amalga oshirilayotganda bojxona organlari tomonidan qaror qabul qilish yoki harakatni bajarish uchun asos bo'lmaydi.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.