382-modda. Intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish borasida bojxona organlari tomonidan ko'riladigan choralar
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Bojxona organlari o'z vakolatlari doirasida intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarni himoya qilish choralarini ko'radi.
Bojxona hududiga olib kiriladigan va ushbu hududdan olib chiqiladigan, shuningdek bojxona nazorati ostida turgan intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarning himoya qilinishini ta'minlash uchun bojxona organlari:
intellektual mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarning buzilganlik belgilari mavjud bo'lgan tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turishi;
intellektual mulk ob'yektlarini o'z ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni to'xtatib turish to'g'risidagi qarorni bekor qilishi mumkin.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.