386-modda. Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun arizani ko'rib chiqish
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun arizani u kelib tushgan kundan e'tiboran o'n kundan ko'p bo'lmagan muddatda ko'rib chiqadi va mazkur reyestrga kiritish to'g'risida yoki kiritishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarning to'g'riligini tekshirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi vakolatli organlardan taqdim etilgan ma'lumotlarni tasdiqlovchi qo'shimcha axborot va hujjatlarni so'rab olishga haqli.
O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi huquq egasiga yoki uning vakolatli vakiliga Intellektual mulk ob'yektlarining bojxona reyestriga kiritilganligi to'g'risida yoki kiritish rad etilganligi haqida, rad etilishi sabablarini asoslantirgan holda xabar yuboradi.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.