398-modda. Chet davlatlarning konsullik muassasalari va ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Chet davlatning konsullik muassasalariga va konsullik muassasalarining mansabdor shaxslariga, shuningdek ularning oila a'zolariga chet davlatning diplomatik vakolatxonalari hamda diplomatik vakolatxonalarining diplomatik agentlari uchun ushbu bobda nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi. Chet davlat konsullik muassasasining boshqa xodimlariga (konsullik xizmatchilariga, xizmat ko'rsatuvchi xodimlarga), shuningdek ularning O'zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila a'zolariga nisbatan har bir chet davlat bilan tuzilgan maxsus kelishuv asosida va shu davlat bilan munosabatlardagi o'zaro hamjihatlik prinsipidan kelib chiqqan holda chet davlat diplomatik vakolatxonasining tegishli xodimlariga (ma'muriy-texnik xodimlari va xizmat ko'rsatuvchi xodimlariga) ushbu bobda beriladigan bojxona imtiyozlari tatbiq etilishi mumkin.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.