399-modda. Chet davlatlarning diplomatik pochtasini va konsullik pochta qoplarini bojxona chegarasi orqali olib o'tish
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Diplomatik pochtani va konsullik pochta qoplarini o'z ichiga olgan joylar ushbu joylarning xususiyatini ko'rsatadigan ko'zga tashlanuvchi tashqi belgilarga ega bo'lishi kerak.
Bojxona chegarasi orqali olib o'tiladigan chet davlatlarning diplomatik pochta va konsullik pochta qoplari ochilishi ham, ushlab turilishi ham mumkin emas. Konsullik pochta qopida ushbu moddaning uchinchi qismida ko'rsatilmagan narsalar bor deb gumon qilish uchun jiddiy asoslar mavjud bo'lgan taqdirda, bojxona organi bojxona organining mansabdor shaxslari ishtirokida tegishli chet davlatning vakolatli shaxslari tomonidan konsullik pochta qopi ochilishini talab qilishga haqli. Pochta qopini ochishdan bosh tortilgan taqdirda konsullik pochta qopi jo'natilgan joyiga qaytarib yuboriladi.
Diplomatik pochtada faqat diplomatik hujjatlar va rasmiy foydalanish uchun mo'ljallangan tovarlar, konsullik pochta qopida esa, faqat rasmiy xat-xabarlar va faqat rasmiy foydalanish uchun mo'ljallangan hujjatlar yoki tovarlar bo'lishi kerak.
The official text is the Cyrillic version on lex.uz; this Latin-script copy is for reference only — check the current version on lex.uz.