139-modda. Sayyor soliq tekshiruvi
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Soliq toʻlovchilarning soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlash sohasidagi ayrim majburiyatlarini, shuningdek soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarilishini tekshirish sayyor soliq tekshiruvidir.
(139-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sayyor soliq tekshiruvi chogʻida hisobga olish hujjatlarining, tovar-moddiy qimmatliklar va pul mablagʻlari harakatining, shuningdek soliq toʻlovchining faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa axborotning tahlili oʻtkaziladi.
Sayyor soliq tekshiruvlarini oʻtkazish chogʻida soliq organlari profilaktika tadbirlarini va xronometraj kuzatuvlarini amalga oshirishga, nazorat-kassa texnikasi va toʻlov terminallari qoʻllanilishini tekshirishga va soliq nazoratining boshqa tadbirlarini oʻtkazishga haqli.
Sayyor soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) buyrugʻi asosida oʻtkaziladi. Buyruqda soliq toʻlovchining nomi, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, tekshiruvlarni oʻtkazish muddatlari va maqsadi koʻrsatiladi.
Sayyor soliq tekshiruvi oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatda oʻtkaziladi.
Sayyor soliq tekshiruvini tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqda koʻrsatilgan sana ushbu tekshiruvni oʻtkazish muddatining boshlanishi deb hisoblanadi.
Soliq toʻlovchiga sayyor soliq tekshiruvi dalolatnomasini topshirilgan yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga elektron hujjat tarzida yuborilgan kun sayyor soliq tekshiruvi muddatining tugashi deb hisoblanadi.
(139-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
(139-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi OʻRQ-758-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
Sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(139-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi OʻRQ-758-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 03/22/758/0207-son)
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.