20-modda. Soliq toʻlovchilar
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Ushbu Kodeksga muvofiq zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yigʻimlarni toʻlash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi.
Yuridik shaxslarning alohida boʻlinmalari mazkur shaxslarning soliqlar va yigʻimlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlarini ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda va tartibda ushbu alohida boʻlinmalar joylashgan yeri boʻyicha bajaradi.
Yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan soliq toʻlovchilar alohida boʻlinmalarni hisobga olib markazlashgan holda soliq hisobotini taqdim etadi va soliqlarni (yigʻimlarni) toʻlaydi.
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi chet el tuzilmalari soliq toʻlovchilar deb eʼtirof etiladi.
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.