214-modda. Soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganda ayb shakllari
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Gʻayrihuquqiy xatti-harakatni (harakat va harakatsizlik) qasddan yoki ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan shaxs soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb eʼtirof etiladi.
Agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs oʻz harakati (harakatsizligi) gʻayriqonuniy ekanligini bilgan boʻlsa, bunday harakatning (harakatsizlikning) zararli oqibatlari yuzaga kelishini istagan yoxud ularning yuzaga kelishiga ongli ravishda yoʻl qoʻygan boʻlsa, bunday huquqbuzarlik qasddan sodir etilgan deb topiladi.
Agar soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxs oʻz harakatlari (harakatsizligi) gʻayriqonuniy ekanligini yoxud bunday harakatlar (harakatsizlik) natijasida yuzaga keladigan oqibatlarning zararli ekanligini garchand ularni oldindan koʻrishi lozim va mumkin boʻlgani holda bilmagan boʻlsa, bunday huquqbuzarlik ehtiyotsizlik tufayli sodir etilgan deb eʼtirof etiladi.
Yuridik shaxsning soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdorligi uning mansabdor shaxslarining yoki vakillarining harakatlari (harakatsizligi) ushbu soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilishini keltirib chiqargan aybiga qarab aniqlanadi.
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.