249-modda. Moliyaviy ijara (lizing) shartnomalari boʻyicha operatsiyalar amalga oshirilganda soliq bazasini aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Mol-mulk moliyaviy ijaraga (lizingga) berilgan taqdirda, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) soliq bazasi barcha davriy ijara (lizing) toʻlovlari summasi (shu jumladan, qaytarib sotib olish summasi, agar shartnomada shunday summa nazarda tutilgan boʻlsa) sifatida, ijaraga beruvchining (lizingga beruvchining) foiz hisobidagi daromadi chegirib tashlangan va soliq hisobga olinmagan holda aniqlanadi.

Ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining shartlari bajarilmaganligi sababli moliyaviy ijara (lizing) obyekti qaytarilgan taqdirda, soliq bazasi ijaraga oluvchi (lizingga oluvchi) tomonidan obyekt qaytarilgan sanada bunday obyekt uchun oʻzi toʻlamagan ijara (lizing) toʻlovlarining summasi miqdorida foiz hisobidagi xarajat chegirib tashlangan va soliq hisobga olinmagan holda aniqlanadi.

Ushbu Kodeksning 246-moddasiga muvofiq soliq solishdan ozod etilgan, olib kirilgan texnologik asbob-uskunalar moliyaviy ijaraga (lizingga) berilganda soliq bazasi mazkur asbob-uskunalarni sotib olish narxi va realizatsiya qilish narxi oʻrtasidagi ijobiy farqdan kelib chiqib aniqlanadi.

The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.