279-modda. Elektron shaklda xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslarini hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish tartibi

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Agar chet el yuridik shaxsi jismoniy shaxslarga ushbu Kodeksning 282-moddasida koʻrsatilgan, realizatsiya qilish joyi Oʻzbekiston Respublikasi deb eʼtirof etiladigan elektron shakldagi xizmatlar koʻrsatadigan boʻlsa, va agar bu yuridik shaxsning oʻzi vositachilarsiz xizmatlarni oluvchi boʻlgan jismoniy shaxslar bilan hisob-kitoblarni amalga oshirsa, chet el yuridik shaxsini soliq organida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi ariza va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Shunday xizmatlarda soliq agenti deb eʼtirof etiladigan vositachi boʻlgan chet el yuridik shaxsini soliq organida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi.

Hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi ariza chet el yuridik shaxslari tomonidan soliq organiga elektron shaklda xizmatlar koʻrsatish boshlangan (tugatilgan) kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay beriladi.

The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.