28-modda. Bojxona organlarining, yigʻimlarni undirishga doir vazifalarni amalga oshiruvchi davlat organlarining hamda tashkilotlarning huquq va majburiyatlari

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Bojxona organlari tovarlarni va avtotransport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtish chogʻida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka, ushbu Kodeksga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq soliqlar va yigʻimlarni undirish boʻyicha huquqlardan foydalanadi hamda vazifalarni bajaradi.

(28-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Yigʻimlarni undirishga doir vazifalarni amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlarning huquqlari hamda majburiyatlari ushbu Kodeks va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.

(28-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.