301-modda. Ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning oʻrnini qoplash tarzidagi daromad
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning oʻrnini qoplash tarzidagi daromadlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) joriy soliq davrida oʻrni qoplangan, shu jumladan bunday talablarga boʻlgan huquqlardan oʻzganing foydasiga qayta voz kechish yoʻli bilan oʻrni qoplangan, oldin xarajatlar jumlasiga kiritilgan, umidsiz (tavakkal qilingan) deb eʼtirof etilgan talablarning summalari;
2) chiqimlarning (xarajatlarning) oʻrnini qoplash uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjetidan olingan mablagʻlarning summalari;
3) sugʻurta tashkiloti yoki zarar yetkazgan shaxs tomonidan toʻlangan zararni kompensatsiya qilish summalari, bundan ushbu Kodeksning 304-moddasida koʻrsatilgan sugʻurta toʻlovlari mustasno;
4) ilgari chegirmalar jumlasiga kiritilgan chiqimlarning oʻrnini qoplashdan olingan boshqa kompensatsiyalar.
Olingan kompensatsiya u qaysi hisobot (soliq) davrida olingan boʻlsa, oʻsha hisobot (soliq) davrining daromadi boʻladi.
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.