311-modda. Geologik jihatdan oʻrganish, qidirish va tabiiy resurslarni qazib olishga doir tayyorgarlik ishlari uchun xarajatlar
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Yer qaʼridan foydalanuvchi tomonidan qazib olishni boshlashdan oldin geologik jihatdan oʻrganish, qidirish, foydali qazilmalarni qazib olishga doir tayyorgarlik ishlari uchun amalga oshirilgan xarajatlar, shu jumladan baholashga, jihozlashga doir xarajatlar, shuningdek ushbu Kodeksga muvofiq chegirib tashlanishi lozim boʻlgan boshqa xarajatlar amortizatsiya qilinadigan aktivning alohida guruhini tashkil etadi. Bunda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, bunday chiqimlar belgilangan normalar doirasida xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
(311-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)
Konda foydali qazilmalarni qazib olish davrida xuddi shu konda ustki qatlamni ochish ishlari boʻyicha qilingan xarajatlar loyihaning texnik-iqtisodiy asosnomasiga va soliq toʻlovchining soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosatiga muvofiq ruda jismlarining bosqichlari yoki tarkibiy qismlari kesimidagi hajmlarga mutanosib ravishda hisoblangan amortizatsiya qilinadigan aktivning alohida guruhini hosil qiladi.
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida koʻrsatilgan xarajatlar foydali qazilmalarni qazib olish boshlangan yoki ustki qatlamni ochish ishlari yakunlangan paytdan eʼtiboran soliq toʻlovchining jami daromadidan amortizatsiya ajratmalari tarzida chegirib tashlanadi.
Amortizatsiya ajratmalarining har yilgi summasi har oyda teng ulushlarda, soliq toʻlovchining xohishiga koʻra belgilanadigan amortizatsiya normasini qoʻllash yoʻli bilan:
(311-modda toʻrtinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)
biroq ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv guruhi boʻyicha toʻplangan xarajatlar summasining 15 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda;
biroq ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan amortizatsiya qilinadigan aktiv guruhi boʻyicha toʻplangan xarajatlar summasining 33 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda hisoblab chiqariladi.
(311-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 30 dekabrdagi OʻRQ-812-sonli Qonuniga asosan ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan almashtirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 03/22/812/1145-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Nomahsuldor quduq tugatilgan yoxud soliq toʻlovchi yer qaʼri uchastkasidagi ishlarni iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emasligi, geologik jihatdan istiqbolsizligi yoki boshqa sabablarga koʻra tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda, basharti yer qaʼridan foydalanish huquqi toʻliq tugatilsa, soliq toʻlovchi bunday huquq tugatilgan hisobot (soliq) davrida qilingan xarajatlar summasini chegirib tashlashga haqli.
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.