454-modda. Soliqni hisoblab chiqarish, soliq hisobotlarini taqdim etish va soliqni toʻlash tartibi
The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.
Soliq toʻlovchilar soliqni ushbu Kodeksning 451 va 451¹-moddalariga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda, mustaqil ravishda hisoblab chiqaradi.
Foydali qazilmalarning alohida turlari boʻyicha soliq summasi soliq bazasidan va belgilangan soliq stavkasidan, lekin belgilangan soliq summasidan kam boʻlmagan stavkasidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Soliq toʻlovchilar tomonidan soliq hisoboti har bir hisobot va soliq davri tugagandan keyin soliq hisobida turgan joydagi, noruda qurilish materiallari boʻyicha esa — qazib olish amalga oshirilgan joydagi soliq organlariga quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
yuridik shaxslar tomonidan — soliq davri boshlanganidan eʼtiboran ortib boruvchi yakun bilan har oyda, hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay;
jismoniy shaxslar tomonidan — yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-fevralidan kechiktirmay.
Soliqni toʻlash quyidagicha amalga oshiriladi:
yuridik shaxslar tomonidan — har oyda keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay;
jismoniy shaxslar tomonidan — soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay.
The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.