454¹-modda. Soliq toʻlovchilar

The text of the Code is shown in Uzbek (Latin script); no translation is provided on this site.

Qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni va nodir yer elementlarini qazib oluvchi va (yoki) ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvchi, shuningdek uglevodorod xom ashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslar foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻini toʻlovchilar (bundan buyon ushbu boʻlimda soliq toʻlovchilar deb yuritiladi) deb eʼtirof etiladi.

Ushbu Kodeks 452-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan foydali qazilmalarning tegishli guruhlaridagi foydali qazilmalar jumlasiga qimmatbaho, rangli va radioaktiv metallar, nodir elementlar va nodir yer elementlari (bundan buyon ushbu boʻlimda metallar deb yuritiladi) kiradi.

Tabiiy gaz, gaz kondensati va neft uglevodorod xom ashyosi jumlasiga kiradi.

Ushbu Kodeksning 69-bobiga muvofiq faoliyatini mahsulot taqsimotiga oid bitimlar doirasida amalga oshiruvchi yuridik shaxslar soliq toʻlovchi hisoblanmaydi.

The text is based on the version published on lex.uz as of 6 August 2026. Amendments published on 11 September and 21 October 2026 are not yet included in this text; check the current version on lex.uz. This Latin-script copy is for reference only.